15/09/2023

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlariga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvini samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bularning barchasi korrrupsiya deb atalmish jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘ladigan illatga qarshi kurashga keng jamoatchilikni jalb etish uchun xizmat qiladi.

Joriy yilning 15- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminar tizim xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish va shu orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlandi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida (PF-6257-sonli, 2021- yil 6- iyulda qabul qilingan)  belgilangan asosiy yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

 

Axborot xizmati