15/09/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Shu yilning 11-15- sentabr kunlari  bir qator tumanlarda uy-joylarning joylashuvini xaritalar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, hududiy statistika idoralari mutaxassislari Urganch tumanidagi “Munis Xorazmiy”, Xonqa tumanidagi “Nurafshon” va “Znaxos”, Shovot tumanidagi “K.Otaniyozov”, “Beshmergan” va “Yangi yo‘l”  mahalla fuqarolar yig‘inlarining ma'sullari bilan hamkorlikda mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda xaritalar bilan solishtirish orqali o‘rgandilar va olingan ma’lumotlarni hududlarning kartografik chizmalariga qayd etdilar.


 

Axborot xizmati