14/09/2023

Joriy yilning 14- sentabr kuni uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvlari reja asosida davom etdi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N.Ro‘zmetova Yangiariq tumani “Ostona” mahallasidan kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan  T.Matyoqubov xonadonida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev , tarmoq bo‘limi bosh mutaxassisi N.Abdullayevalar Xonqa tumani “Gulg‘uncha” mahallasidan Sh.Muratov xonadonida so‘rovnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Aholi turmush darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan mazkur kuzatuvlar viloyatimizning barcha tumanlarida tanlanma asosda tashkil etiladi.




Axborot xizmati