14/09/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Shu yilning 14- sentabr kuni Gurlan tumani statistika bo‘limi  boshlig‘i S.Ahmedov va yetakchi mutaxassisi Q.O‘rozmetovlar tumandagi “Shang‘i” va “Navro‘z”  mahalla fuqarolar yig‘inlarining ma'sullari bilan hamkorlikda mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda xaritalar bilan solishtirish orqali o‘rgandilar va olingan ma’lumotlarni hududlarning kartografik chizmalariga qayd etdilar.

 

Axborot xizmati