2023- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 1 092 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sohadagi korxonalar sonining o‘sish sur’ati 114,0 %ni tashkil qilgan.
2022- yilning 1- sentabri bilan solishtirganda tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar sonining o‘sish sur’ati:
quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida - 111,8 %
ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishida - 119,1 %
pochta va kuryerlik yo‘nalishida - 2 marta
havo transporti yo‘nalishida - 3,3 marta.
Axborot xizmati