Bugun, 13- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A. O‘tamuratov, Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov va Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Davletovlar shahardagi “Megasfera” mebellar do‘konida sotilayotgan tovarlarning iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.
Mazkur kuzatuv nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.
Kuzatuv davomida savdo majmuasida sotilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari tovar (xizmat)lar iste’mol narx (tarif)larini ro‘yxatga olish so‘rovnomasi asosida o‘rganildi.
Axborot xizmati