2023- yilning yanvar-iyul oylarida Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1679,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 %ga oshgan.
Viloyat umumiy hajmida shaharning ulushi 27,9 %ni tashkil qilgan.
Aholi jon boshiga o‘rtacha chakana savdo hajmi 11136,1 ming so‘m darajada qayd etilgan.
Urganch shahrida chakana savdoda faoliyat yuritayotgan 2 430 ta kichik biznes subyektining tovar aylanmasi hajmi 1210,6 mlrd so‘m (jami hajmning 72,1 %i)ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati