Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 13- avgust kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Hazorasp tumanida joylashgan "Daily group eco" supermarketida olib borildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov ishtirok etdi va tuman statistika bo‘limi narx registratoriga sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni berdi.
Axborot xizmati