Joriy yilning 12- sentabr kuni uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvi reja asosida davom etdi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Sh.Xudayberganovlar Shovot tumanining “ Bunyodkor” mahallasidan kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan O. Quryazov xonadonida so‘rovnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Aholi turmush darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan mazkur kuzatuvlar viloyatimizning barcha tumanlarida tanlanma asosda tashkil etiladi.
Axborot xizmati