Joriy yilning 8- sentabr kuni Xorazm viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajanov tomonidan Urganch shahridagi “ Istiqlol” mahallasida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda statistika sohasiga oid qonun hujjatlari hamda “Normativ huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi (O‘RQ- 860-sonli) Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida mahalla xodimlari va fuqarolarga ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati