Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 139,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 59 trln co‘m miqdorida qayd etilgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor – mamlakatlar:
— Xitoy – 20,5 %
— Rossiya – 18,8 %
— Turkiya – 6,2 %
— Saudiya Arabistoni – 8,5 %
— Kipr – 4,3 %
— Germaniya – 2,7 %
— Shveysariya – 2,5 %
— Buyuk Britaniya – 2 %.
Matbuot xizmati