08/09/2023

Bugun, 8- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023- yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorining (2023- yil 4- sentabr, PQ-292- sonli) asosiy mazmun va mohiyati bilan tanishtirib, unda keltirilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.



Axborot xizmati