07/09/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Shu yilning 5-7- sentabr kunlari  Gurlan tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Q.O‘rozmetov tomonidan  tumandagi “Do‘simbiy”, “Marbugat” va “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida ma’sullar bilan hamkorlikda mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallalarda mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. 

 

Axborot xizmati