Davlat statistika dasturiga asosan respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 2023- yilning 21-31- avgust kunlari xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan tanlanma so‘rovnoma o‘tkazildi.
O‘tkazilgan kuzatuv natijalari monitoringi asosida aniqlangan xato va kamchiliklar joriy yilning 6- sentabrida boshqarma rahbariyati va hududlardagi statistika bo‘limlari boshliqlari hamda kuzatuv uchun mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.
Seminar tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmatlar kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari va ma՚sul xodimlariga o‘z bilimi va ko'nikmalarini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berildi. Xususan, planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarni qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarning yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati