Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oylarida hajmi 114,4 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 96,4 %ni tashkil qilgan.
Hududlar ichida eng ko‘p shu turdagi qurilish ishlari Urganch shahri (35,6 mlrd so‘m), Urganch tumani (19,6 mlrd so‘m) va Gurlan tumanida (15,9 mlrd so‘m) bajarilgan.
Ma’lumot uchun: joriy yilning 1- avgust holatiga viloyatimizdagi jami 1 724 ta qurilish tashkilotining 24,8 %i yoki 427 tasi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishida faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati