2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizga xorijdan 13,4 mln AQSH dollarlik kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning yanvar-iyuli bilan solishtirilgan import hajmining o‘sish sur’ati 87,9 %ni tashkil qilgan (12,1 %ga kamaygan).
Jami import hajmida mahsulotning ulushi 4,1 %ni tashkil qilgan.
Kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar importida yuqori hajmga ega tovarlar:
birlamchi shakldagi plastmassalar – 5,3 mln dollar
o‘g‘itlar – 3,1 mln dollar
boshqa turdagi kimyoviy materiallar va mahsulotlar – 1,4 mln dollar
bo'yoqlar va taninlar – 1,0 mln dollar.
Axborot xizmati