31/08/2023

Shu yilning 30- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

Xodimlarga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha axborot berishga qaratilgan seminar davomida boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi ( 2023- yil 8- avgust, O‘RQ-860-son) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan amaliyotga kiritilayotgan yangiliklar bilan atroflicha tanishtirdi.

Shu bilan bir qatorda yig‘ilishda joriy yilning 1- mayidan e’tiboran qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasidagi o‘zgarishlar yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati