31/08/2023

Bugun Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov butun jamoani ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tabriklar ekan, mamlakatimizning taraqqiyotiga statistika tizimi xodimlari ham o‘z samarali mehnatlari bilan munosib hissa qo‘shayotganlarini alohida ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan ko‘p yillardan beri tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma rahbariyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

 

 

Axborot xizmati