2023- yilning 30- avgust kuni Urganch shahridagi “Istiqlol”, “Ko‘hna qal’a” va “Jambul” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi. Shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N. Madrahimova joyiga chiqqan holda uy-joylarning raqamlanganlik va ko‘cha nomlari belgilarining qo‘yilganligi bilan bog‘liq ishlarning monitoringini o‘tkazdi.
Olingan natijalar bo‘yicha mazkur mahallalar mas’ullari bilan mahallalardagi barcha xonadonlarga ko‘cha nomi belgilarini o‘rnatish, turar-joylarni raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar xususidagi galdagi vazifalar kelishib olindi.
Axborot xizmati