29/08/2023

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.
Haftalik 5 narx (oʻrtacha) bozor va doʻkonlarda narxlarni roʻyxatga olish soʻrovnomasi kuzatuvi bugun, 28- avgust kuni Urganch tumanida o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov, Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonovlar ishtirok etib, narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi narx registratoriga bozor va do‘konlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berishdi.



Axborot xizmati