29/08/2023

Barcha joylarda bo‘lgani kabi viloyatimizning Qo‘shko‘pir tumanida ham ro‘yxatga olishga tayyorgarlik reja asosida olib borilmoqda.
Shu yilning 29- avgust kuni tuman statistika bo‘limi boshlig‘i v.b. A. Sultanov tumandagi “Mehnatobod” va “Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ana shunday o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
Registratorlar tomonidan aniqlangan raqamlanmagan uylar, joyiga chiqqan holda, monitoring qilindi va natijalari mahalla xaritalariga qayd etildi.

O‘z navbatida mazkur mahallalar mas’ullari bilan mahallalardagi barcha xonadonlarga ko‘cha nomi belgilarini o‘rnatish, turar-joylarni raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar xususidagi vazifalar kelishib olindi.



Axborot xizmati