29/08/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 7 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSH dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

 7 oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 6 898 ta

— Gonkong – 376 ta

— Germaniya – 64 ta

— Koreya – 18 ta

— BAA – 16 ta

— AQSH – 11 ta

Matbuot xizmati