2023- yil yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha Xorazm viloyati xorijga 45,9 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 24,8 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari asosiy ulushni egallagan va 41,7 %ni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun: joriy yil boshidan viloyatimizdan 186 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 25 ta davlatiga eksport qilindi.
Axborot xizmati