Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, 219,7 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirilganda mahsulot hajmi 3,3 %ga oshgan.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 28,3 %ini dehqonchilik, 71,7 %ini chorvachilik mahsulotlari tashkil qilgan.
Yetishtirilgan mahsulot umumiy hajmining 78,3 %i dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati