Xorazm viloyatining bir qator tumanlarida bugun, 28- avgust kuni avtomobil transportida aholiga yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati tanlanma kuzatildi.
O‘rganish davomida yuk va yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yuk va yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yuk hajmi va yo‘lovchilar soni, tashish uzoqligi, bir kunlik tushum, bir oydagi ishlangan ish kunlari soni yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida Statistika agentligi Xizmatlar statistikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.Abdullayev, viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamovlar ishtirok etishdi.
Axborot xizmati