28/08/2023

Xorazm viloyati 2023- yilning yanvar-iyul oylarida  xorijga 71,3 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 70,9 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 38,4 % ni tashkil etdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (55,3 %), Rossiya (32,7 %), Qozog‘iston (9,2 %) hamda Polsha (0,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati