Xorazm viloyati statistika boshqarmasi yuridik bo‘limi tomonidan sohaga oid huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shu yilning 28- avgust kuni boshqarmada shu mavzudagi navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan mamlakatimizda avgust oyida qabyl qilingan normativ hujjatlarning mazmuni xodimlarga tanishtirildi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib –taomillarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi (2020- yil 24- avgust, PF-6044 sonli) va “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2021- yil 23- martdagi PF-6191-sonli) Farmonlarining mazmuni tushuntirildi.
Axborot xizmati