Shu yilning 25- avgust kuni Qo‘shko‘pir tumanida avtomobil transportida aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati tanlanma kuzatildi.
Viloyat statistika boshqarmasi Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Q.Matchanov va hududiy statistika bo‘limining mas’ul xodimi Sh.Amanboyevlar ishtirokida shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati belgilangan so‘rovnoma asosida o‘rganildi.
4 TR (YATT) kuzatuvlari asosida bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum,yo‘lovchi tashish uzoqligi kabi ko‘rsatkichlarga oid ma’lumotlar qayd etiladi.
Axborot xizmati