25/08/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 1,1 mln tonna meva- sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

 Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga ko‘paygan.

 O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 %), Pokiston (14,6 %), Qozog‘iston (12,0 %) hamda Qirg‘iz Respubliakasi (9,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 2023- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 672,9 mln AQSH dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 22,4 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 4,5 % ni tashkil etdi.

 

Matbuot xizmati