25/08/2023

   Bugun, 25- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga  “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2023- yil 8- avgust, O‘RQ-860 sonli) asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.



Axborot xizmati