25/08/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov shu yilning 24- avgust kuni Hazorasp tumanidagi “Ovshar” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan O.Matkarimov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi  A.Qurbonov qayd etib bordi.

Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.




Axborot xizmati