2023- yilning yanvar- iyul oylariga viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 1654,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich jami qurilish ishlari hajmining 56,4 %iga to‘g‘ri kelgan.
2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 106,5 %ni tashkil etgan.
Joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Urganch shahriga (392,2 mlrd so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 23,7 %) va Xiva tumaniga (244,7 mlrd so‘m yoki 14,8 %) to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati