24/08/2023

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 304,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 10,4 % darajada qayd etilgan. 

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan qurilish ishlari 5,4 %ga oshgan.

Hududlar kesimida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Urganch shahrida 44,5 %ni, Urganch tumanida 18,5 %ni, Xonqa tumanida 14,6 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati