Gurlan tumanida joriy yilning 6 oyida hajmi 205,9 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirildi.
2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda mahsulot yetishtirish hajmining 17,6 %ga ko‘paygan.
Tumanda 2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatdagi jami donning 10,8 %i yoki 33,6 ming tonnasi yetishtirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 124,1 %ga teng bo‘lgan.
Shuningdek, o‘sish sur’atlari yetishtirilgan bug‘doy (125,0 %), kartoshka (117,1 %), poliz ekinlari (112,1 %), meva va rezavorlar (103,3 %), sabzavot mahsulotlari (108,3 %) mahsulotlari hajmida qayd etilgan.
Axborot xizmati