23/08/2023

 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 781,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

 Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,3 % ga oshgan.

 2023- yilning yanvar-iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 781,4 ming tonna

— Ko‘mir – 3,1 mln tonna

— Neft – 456 ming tonna

— Gaz kondensati – 707,5 ming tonna

— Avtobus – 454 dona

— Yuk avtomobillari – 1372 dona

— Avtomobil dvigatellari – 122 710 dona

— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 194 053 dona.

Matbuot xizmati