10/08/2023

2023– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra viloyatimizdagi parrandalarning umumiy bosh soni 6 824,7 mingtaga yetdi. 2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni  538,0 mingtaga (8,6%) ko‘paydi.

Jami parrandalarning 57,0 %i  dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar ichida eng ko‘p parranda Urganch (1048,9 mingta), Xonqa (882,3 mingta), Bog‘ot (758,8 mingta) va Qo‘shko‘pir (730,6 mingta) tumanlarida boqilgan.

 

Axborot xizmati