10/08/2023

Joriy yilning  yanvar-iyun oylarida Hazorasp tumanida 934,8 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida chorvachilik mahsulotlari 727,4 mlrd so‘mni, dehqonchilik mahsulotlari 207,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Tumanda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:

fermer xo‘jaliklari – 15,5 %

dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari – 82,4 %

qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 2,1 %.

 

 

Axborot xizmati