Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.
So‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni:
— 2021- yil yanvar-iyun – 1 855 ta
— 2022- yil yanvar-iyun – 2 166 ta
— 2023- yil yanvar-iyun – 1 097 ta
2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 143 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 34 300 ta yuk avtomobillari import qilingan.