09/08/2023

2023- yilning yanvar- iyun oylarida Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 170,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,0 % darajada qayd etilgan.

Aholi jon boshiga savdo aylanmasi hajmi o‘rtacha 1116 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Chakana savdo tovar aylanmasining 90,1 %i yoki 153,2 mlrd so‘mi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun: 2023- yilning 1- iyul holatiga tumanda savdo sohasida 546 kichik korxona va mikrofirma faoliyat yuritgan.

 

 

Axborot xizmati