2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga 3 925 nafar ko‘chib kelganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 4,0 promilleni tashkil etgan.
2022- yilning shu davriga nisbatan ko‘chib kelganlar soni 299 kishiga yoki 0,2 promillega oshgan.
Ko‘chib kelganlarning 1893 nafarini shahar aholisi, 2032 nafarini qishloq aholisi tashkil qilgan.
Joriy yilning 6 oyida viloyatimizdan 4 681 kishi ko‘chib ketgan.
Axborot xizmati