2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati importi tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 120,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 20,1 mln AQSH dollariga yoki 20,0 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 41,3 % ga yetdi.
Eng ko‘p mashinalar va transport asbob-uskunalari import qilingan davlatlar:
XXR — 46,8 mln dollar (38,8 %)
Turkiya — 17,6 mln dollar (14,5 %)
Germaniya - 16,4 mln dollar (13,6 %).
Axborot xizmati