09/08/2023

Viloyatimizda 2023– yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 244,4 mln dona tuxum (2022– yilning yanvar– iyuniga nisbatan 0,1 %ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, umumiy hajmning 70,0 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

Hududlar kesimida Xonqa (43,5 mln dona), Urganch (37,5 mln dona), Xiva (26,0 mln dona), Bog‘ot (24,1 mln dona) tumanlari yuqori ulushga ega bo‘lgan.

 

Axborot xizmati