2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida avtomobil transportida 214,4 mln yo‘lovchi tashilgan.
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 94,5 %ni yoki 202,7 mln yo‘lovchini tashkil etdi.
2022- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan yo‘lovchi tashish hajmining o‘sish sur’ati 102,4 % ni tashkil qildi.
Hisobot davrida avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning eng yuqori darajasi Urganch shahrida qayd etilgan va 43,8 mln kishini tashkil qilgan.
Axborot xizmati