2023- yilning yanvar- iyun oylarida Shovot tumanining uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 156,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda savdo hajmi 3,8 %ga oshgan.
Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan umumiy savdo hajmining 55,7 mlrd so‘mi dehqon bozorlari, 100,7 mlrd so‘mi chorva bozorlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 977,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Axborot xizmati