Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida 68 917 tonna kartoshka yetishtirilgan.
Hududlar o‘rtasida kartoshka yetishtirish tarkibining asosiy qismi Urganch (16,9 %) va Yangibozor (13,2 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda kartoshka yetishtirish hajmining yuqori o‘sish sur’ati Gurlan (117,1 %), Tuproqqal’a (110,9 %) va Bog‘ot (103,8 %) tumanlarida qayd etilgan.
Axborot xizmati