2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz bo‘yicha jami yetishtirilgan don hajmi 310 507 tonnani tashkil qilgan.
Xo‘jalik toifalari orasida jami don yetishtirishning eng katta hajmi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 218 931 tonnani yoki umumiy hajmning 70,5 %ini tashkil etgan.
2022- yilning shu davriga nisbatan don etishtirish fermer xo‘jaliklarida 20,5 %ga, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida 0,3 %ga va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 80,6 %ga oshgan.
Axborot xizmati