02/08/2023

Xorazm viloyatida joriy yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra, umumiy hisobda 7 trln 308,9 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 104,7 %ni tashkil qilgan.

Viloyatda jami ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Qoʻshkoʻpir (12,0 %), Urganch (11,4 %), Xiva (10,4 %) va Shovot (10,2 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

 

Axborot xizmati