02/08/2023

2023- yilning yanvar- iyun oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 9 669,6 mlrd so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,2 %ni tashkil qilgan.

Shundan, dehqonchilik mahsulotlari – 2361,8 mlrd so‘mni (110,7 %), chorvachilik mahsulotlari –7 307,8 mlrd so‘mni (104,7 %) tashkil etgan.

Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:

fermer xo‘jaliklari – 15,5 %

dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 79,9 %

qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar – 4,6 %.

 

Axborot xizmati