31/07/2023

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning  yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 10026,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

2022-yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 106,4 foiz darajada qayd etilgan.

Sohada mahsulot ishlab chiqarish hajmining tarkibi:

dehqonchilik, chorvachilik va bu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar - 9 762,6 mlrd soʻm ( o‘tgan yilga nisbatan o‘sish - 6,3 foiz)

ovchilik va yovvoyi hayvonlarni tutish va bu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar - 0,1 mlrd soʻm (1,8 foiz) oʻrmonchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari - 83,2 mlrd soʻm (0,1 foiz)

baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari - 180,5 mlrdsoʻm (19,6 foiz).

 

Axborot xizmati