Bugun, 31- iyul sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida iyul oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga qabul qilingan qonunlarning yo‘nalishlari, asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan bir qatorda joriy yilning 3- iyulida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “ Raqobat to‘g‘risida”gi (O‘RQ-850-son) Qonunining maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, ushbu qonun mamlakatimizda tovar va moliya bozorida raqobatning cheklanishiga, shuningdek, raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitida imte’molchilarning huquq va manfaatlarini kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikka nisbatan tadbiq etilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati